Aruz ilmida istilohlar talqini

Авторы

  • Maftuna tayanch doktorant, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

Ключевые слова:

aruz tizimi, bahr, bayt va uning unsurlari, tom bayt, majzu’ bayt, mashtur bayt, manhuk bayt, mudavvar yoki mavsul bayt, mutaharrik harf, sokin harf.

Аннотация

O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixidan bizga ma’lumki, bu davr adabiyotini anglash va uni tahlil hamda tadqiq etish keng bilim manbayini talab etadi. Shu yo‘lda tasavvuf va balog‘at ilmlari kabi aruz ilmini ham batafsil o‘rganish lozim. Buning yordamida biz o‘zbek mumtoz davri adabiyotini chuqurroq anglashimiz va undagi ma’nolar xilma-xilligidan zavqni his etishimiz mumkin. Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi: aruz tizimining vatani bo‘lgan arab diyorlarida bu ilmni o‘rganish va tolibi ilmlarga o‘rgatishda yondashuv qanday? Bunda arab tilining meksika qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda aruz ilmini o‘rgatishda agglutinativ o‘zbek tiliga qanchalik o‘xshash yoki o‘ziga xos jihatlariga ega? Biz ushbu maqolamizda shu kabi savollarga batafsil javob topish maqsadida kichik ilmiy tadqiqotimizni e’tiboringizga havola qilmoqdamiz.

Биография автора

Maftuna , tayanch doktorant, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

tayanch doktorant, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

Загрузки

Опубликован

2026-08-26