http://www.literature.tsuull.uz/index.php/uzlangcult/issue/feed Uzbekistan: Language and Culture 2026-08-26T22:01:16+05:00 Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti adabiyotshunoslik2022@gmail.com Open Journal Systems
“Adabiyotshunoslik” – “O‘zbekiston: til va madaniyat” jurnalining adabiyotshunoslik yo‘nalishidagi seriyasi bo‘lib, yilda to‘rt marta nashr etiladi.

Jurnalning “Adabiyotshunoslik” seriyasida o‘zbek va jahon adabiyoti tarixi, xalq og‘zaki ijodi, adabiyot nazariyasi, o‘zbek mumtoz adabiyotining qo‘lyozma manbalari va matnshunoslik muammolari, jadidchilik va jadid adabiyoti, zamonaviy adabiy jarayon, adabiy tanqid hamda qiyosiy adabiyotshunoslik yo‘nalishidagi eng yangi tadqiqotlar e’lon qilinadi. O‘zbek va jahon adabiyotshunosligi erishgan so‘nggi yutuqlari aks etgan ilmiy maqolalarni nashr etishga alohida diqqat qaratiladi. Maqolalarning ilmiy saviyasi va tahliliy quvvati yuqori bo‘lishiga e’tibor beriladi.

“Adabiyotshunoslik” seriyasida O‘zbekiston va xorijiy davlatlarning e’tirof etilgan atoqli olimlari, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda magistrantlarning ilmiy maqolalari nashr etiladi.
“Adabiyotshunoslik” seriyasi 2022-yil yanvar oyidan chiqa boshlagan.
http://www.literature.tsuull.uz/index.php/uzlangcult/article/view/248 Prozatik matnda obraz poetikasining konseptual asoslari ("Yozning yolg'iz yodgori" qissasi misolida) 2026-07-10T09:59:19+05:00 Fanuza Adilova shodiyorovnaf@gmail.com
Mazkur maqolada “Yozning yolgʻiz yodgori” qissasi misolida prozaik
matnda obraz poetikasining kontseptual asoslari tahlil etiladi. Asarda
yaratilgan obrazlarning ichki struktura va semantik qatlamlari zamonaviy
adabiyotshunoslik mezonlari asosida yoritilib, ularning gʻoyaviy-estetik
yuklamasi aniqlanadi. Qahramonning ruhiy holati, xotiralar oqimi, badiiy
makon va vaqt elementlari orqali shakllangan obrazlar poetikasining
individual va umuminsoniy mazmuni ochib beriladi. Tadqiqot davomida
muallifning estetik pozitsiyasi, ramziy ifodalar tizimi va obraz qurilishidagi
kontseptual yondashuvlar tahlil qilinadi. Maqola, shuningdek, Xayriddin
Sulton prozasida badiiy tafakkur va obrazlar orqali ifodalangan falsafiyestetik
qarashlarning poetik jihatlarini ochishga xizmat qiladi.
2026-07-10T00:00:00+05:00 Copyright (c) 2026 Uzbekistan: Language and Culture http://www.literature.tsuull.uz/index.php/uzlangcult/article/view/250 Aruz ilmida istilohlar talqini 2026-08-26T22:01:16+05:00 Maftuna Saparova saparovamaftuna5@gmail.com
O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixidan bizga ma’lumki, bu davr adabiyotini anglash va uni tahlil hamda tadqiq etish keng bilim manbayini talab etadi. Shu yo‘lda tasavvuf va balog‘at ilmlari kabi aruz ilmini ham batafsil o‘rganish lozim. Buning yordamida biz o‘zbek mumtoz davri adabiyotini chuqurroq anglashimiz va undagi ma’nolar xilma-xilligidan zavqni his etishimiz mumkin. Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi: aruz tizimining vatani bo‘lgan arab diyorlarida bu ilmni o‘rganish va tolibi ilmlarga o‘rgatishda yondashuv qanday? Bunda arab tilining meksika qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda aruz ilmini o‘rgatishda agglutinativ o‘zbek tiliga qanchalik o‘xshash yoki o‘ziga xos jihatlariga ega? Biz ushbu maqolamizda shu kabi savollarga batafsil javob topish maqsadida kichik ilmiy tadqiqotimizni e’tiboringizga havola qilmoqdamiz.
2026-08-26T00:00:00+05:00 Copyright (c) 2026 Uzbekistan: Language and Culture