Sa’diy Xorazmiy devoni nusxalari va janrlar tarkibi
Keywords:
Xorazm, san’at, adabiyot, matnshunoslik, manba, qo‘lyozma, matn, tadqiq, tahlil.Abstract
Ushbu maqolada Sayyid Sa’dulloh to‘ra Sa’diy Xorazmiy hayoti va ijodi haqidagi manbalar tahlili hamda “Devoni Sa’diy”ning qo‘lyozma va toshbosma nusxalari asosida olib borilgan matniy tadqiq natijalari aks etgan. “Devoni Sa’diy”dagi janrlar tarkibi xilma xil bo‘lib, devon matni g‘azal, mustazod, musaddas, muxammas, masnaviy, qasida kabi janr va she’riy shakllarni aks ettiradi. “Devoni Sa’diy”ning barcha manbalarida she’rlar miqdori bir xilda berilmagan, janrlar tarkibini jadval asosida ko‘rsatish tahlil etish jarayonini yaqqol aks ettiradi. Shu bilan birga, “Devoni Sa’diy”ning hozirgi joriy yozuvga tabdilini tayyorlash masalasi maqolada ochib berildi.
Downloads
Published
2025-07-05
Issue
Section
MUMTOZ ADABIYOT TARIXI