Balog‘at ilmi rivojida arab sheriyatining o‘rni
Keywords:
arab tili va adabiyoti, balog‘at, adabiy tanqid, adabiyot, estetik did, rivojlanish.Abstract
Maqolada balog‘at ilmining tarixiy taraqqiyotini ko‘rib chiqishga, xususan, bu ilmning yozma manbalarga asoslanmasdan avvalgi va undan keyingi bosqichlarini yoritishga qaratilgan. Maqolada balog‘at ilmining turli davrlardagi yo‘nalishlari umumiy tarzda tahlil qilinadi. Shuningdek, balog‘iy qoidalar shakllanishida qaysi mezon va tamoyillarga asoslanilganiga e’tibor qaratiladi.
Maqolada balog‘at ilmining shakllanish tarixi uch asosiy bosqichdan o‘tgani, birinchi bosqich – adabiy did va badiiy sezgi darajasida idrok etish, ikkinchisi – tanqidiy tahlil bosqichi, va nihoyat – uchinchi bosqichda balog‘atga oid qoidalar belgilangan va u fan sifatida shakllanganligi, bu jarayonda balog‘iy nazariyalar adabiy tanqid asosida yuzaga kelganligi aytib o‘tilgan.
Maqolada shuningdek, balog‘at ilmining Qadimgi arab davrida, Islomning dastlabki asrlari va Umaviylar davrida qanday shakllangani, o‘sha davr shoirlari go‘zal nutqni tabiiy idrok etgani, ularning fikr va hukmlari ko‘proq sezgi va tajribaga asoslanganligi yoritib o‘tilgan.Balog‘at rivojlanish davrida eng muhim adabiy faoliyat markazlari esa Makka yaqinidagi Ukkoz bozori, Basra va Kufa shaharlaridagi adabiy maydonlar bo‘lgani, bu hududlarda Jarir, Farazdaq, Zurr-Rumma va Laylo Axiliyya kabi mashhur shoirlar ijod qilgani va boshqa hududda ijod qilgan klassik mualliflar yondashuvi maqolada keltirilgan.