Furqat ijodining o‘rganilishi haqida ba’zi mulohazalar
Keywords:
ilm-ma’rifat, furqatshunoslar, she’r, g‘azal, ta’limtarbiya, millat, janr.Abstract
Adabiyotshunoslik ilmi tarixida furqatshunoslik sohasi muhim o‘rin tutadi. Mutafakkir shoir, zabardast so‘z san’atkori Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat(1859-1909)ning hayoti va ijodi o‘zbek mumtoz adabiyotining salmoqli qismini tashkil etadi. Uning she’riyati, ilmiy asarlari, ma’rifatparvar sifatidagi faoliyati o‘z davri va bugungi kun uchun ham ahamiyatini yo‘qotmagan.
Adib ijodini o‘rganish o‘zbek adabiyoti tarixida XX asrning boshlarida boshlangan. Furqatning hayoti muhim tarixiy voqealari, xonliklar davri, ijtimoiy hayoti, turkiy til va adabiyot taraqqiyoti, ilmma’rifatga oid yangicha qarashlarni aks ettirishi bilan ajralib turadi.
Ushbu maqolada Furqat hayoti va ijodining o‘ziga xosligi, uning tarjimayi holi, shoirning adabiy-estetik qarashlari haqidagi ayrim fikr-mulohazalar bayon etiladi. Furqat ijodini o‘rgangan olimlarning tadqiqotlari, xususan, furqatshunos olimlar Sharif Yusupov va professor Nurboy Jabborovning ilmiy-tadqiqot ishlarini qiyoslab o‘rganish masalasi maqolada yoritib beriladi.