“Yo‘qotganlarim va topganlarim” asarida ustozlar yodi
Keywords:
esdalik, xotira, ustozlar yodi, ijtimoiy hayot, adabiyot, Abdulla Qahhor, Oybek.Abstract
Ushbu maqolada xalqimizning sevimli adibi, dramaturg Said Ahmad ijodi haqida ba’zi mulohazalar bildirilgan. Ijodkorning “Yo‘qotganlarim va topganlarim” xotira asari va undagi Abdulla Qahhor, Oybek, G‘.G‘ulomga oid xotiralar tahlilga tortilgan. Ushbu xotira kitobida keltirilgan voqealar, ustozlarning qimmatli saboqlari Said Ahmad ijodiga qay darajada ta’sir etganligi borasida shaxsiy mulohazalar keltirilib, “Ufq” trilogiyasining yaratilishidagi qiziqarli ma’lumotlarga to‘xtalib o‘tilgan. Said Ahmad o‘zbek adabiyotida o‘zining rang barang hikoyalari, romanlari bilan o‘ziga xos o‘ringa ega. Uning, ayniqsa, yumor va satira ustasi ekanligini bilmagan va bu asarlari bilan tanish bo‘lmagan o‘zbek kitobxoni bo‘lmasa kerak. Uning nasriy, yumoristik asarlari bilan bir qatorda esdalik va xotiralari ham salmoqli o‘ringa ega. Quyida biz Said Ahmadning yana bir o‘ziga xos olami, uning xotiranavsligiga yaqindan e’tibor qaratmoqchimiz.