“Hayrat ul-abror” dostoni hikoyatlaridagi tasavvufiy mazmunning badiiy talqini
Keywords:
hikoyat, tasavvuf, so‘fi, orif, badiiy talqin, nafs, ma’rifat, ibodat.Abstract
Ushbu maqolada Alisher Navoiy “Hayrat ul-abror” dostonining tuzilishi haqida fikr bildirilib, unda berilgan tasavvufiy mazmundagi hikoyatlarning ba’zilari tahlilga tortilgan. Tasavvuf va ishq so‘zlari ochiqlanib, birinchi maqolotdagi “Sulton ul-orifinni g‘amgin ko‘rub, muridig‘a savol tili ochilg‘oni va ul shofiy javoblar bila anduhluq ko‘nglin xoli qilg‘oni”, ikkinchi maqolotdagi “Ibrohim Adhamning Ka’baga namoz bila borg‘ani va Robiya Adaviyaga Ka’baning niyoz bila kelgani” va keying maqolotdagi “Muqarrabi Boriy Xoja Abdulloh Ansoriy so‘zikim, nihoyati sulukdin sohibxabar erdi va o‘z suluki nihoyatidin xabar berdi” kabi maqolotlardagi tasavvufiy mazmun badiiy jihatdan talqin etilgan. Shuningdek, bu borada muallifning shaxsiy mulohazalari keltirilgan.