Nodim Namangoniyning poetik mahorati
Keywords:
Nodim Namangoniy, Qo‘qon adabiy muhiti, mumtoz an’analar, mavzu va g‘oya, badiiy tasvir.Abstract
Nodim Namangoniy XIX asr oxiri - XX asr boshlarida yashab ijod etgan o‘zbek adabiyotining yorqin vakillaridan biridir. U Namangan adabiy muhiti shakllanishida muhim rol o‘ynagan, o‘zining nafis she’riyati, didaktik ruhi va ma’naviy merosi bilan o‘zbek mumtoz adabiyoti taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan ijodkorlardan sanaladi. Nodimning hayoti va ijodini o‘rganish orqali nafaqat uning shaxsiy adabiy mahoratini, balki butun bir adabiy maktabning rivojlanish bosqichlarini, o‘sha davrda hukmron bo‘lgan ijtimoiy-ma’naviy muhitni ham anglash mumkin bo‘ladi. Ushbu maqolada Nodim Namangoniy poetik mahorati lirik merosi asosida tahlil qilinadi.
Downloads
Published
2025-07-05
Issue
Section
MUMTOZ ADABIYOT TARIXI