Alisher Navoiy g‘azaliyotida Xizr va Masih obrazlari talqini
Keywords:
“Favoyid ul-kibar”, “Badoye’ ul-vasat”, g‘azal, Xizr, Iso, Masih, Hidirillez, Ilyos.Abstract
Turkiy adabiyot, xususan, o‘zbek adabiyoti tarixida Alisher Navoiyning o‘rni beqiyos. Ushbu maqolada Alisher Navoiyning g‘azallaridagi ushbu lirikasidagi obrazlar mohiyatiga yetishga harakat qilinib, uning badiiy tasvirlari hamda talqinlarining sabablari bir qadar ochib berilgan.
Maqola uchun aynan Xizr va Masih obrazining tanlab olinishi tasodif emas. Ushbu obrazlar turkiy xalqlar mifologiyasi, folklori, adabiyotida juda ham mashhur shaxs hisoblanadi. Shu qadar mashhurligidan maqol va matallarga obraz bo‘lib xizmat qilgan. Turkiy adabiyotning ulkan ustuni bo‘lgan Alisher Navoiyning ushbu obrazga munosabati, albatta, qiziqarli.
Shu sabab ham maqolaga aynan Alisher Navoiy lirikasidagi Xizr obrazi tasvirlari manba sifatida tanlangan.
Maqolada Alisher Navoiyning Xizr va Iso Masih obrazlari radif qilib olingan g‘azallari tahlil qilindi. Tahlil uchun Nаvoiyning “Favoyid ul-kibar” hamda “Badoye’ ul-vasat”dagi g‘azallari tanlab olindi. Tanlab olingan ushbu g‘azallar shoirning bir xil mavzu haqidagi ikki xil uslubdagi g‘azallaridir.
Maqolani yozish jarayonida bir necha xorijiy hamda milliy manbalar, diniy adabiyotlarga ham murojaat qilingan.