Sharq adabiy merosida tafsir ilmining shakllanishi, metodologiyasi va yurtimizda yetishib chiqqan soha yetakchilari
Keywords:
Tafsir (lug‘aviy–istilohiy), matnshunoslik, manbashunoslik, yozma meros, Movarounnahr mufassirlari, “Madorik at- Tanzil va Haqoiq at-Ta’vil”, tafsir metodologiyasi, til struktura, kontekstual yondashuv, ilmiy uslub.Abstract
Mazkur maqolada Movarounnahr tafsir maktabiga mansub yozma manbalar manbashunoslik va matnshunoslik mezonlari asosida kompleks tarzda tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor tafsir matnlarining til strukturasiga, uslubiy xususiyatlariga, kontekstual yaxlitligiga hamda metodologik yondashuvlariga qaratilgan. Tadqiqot doirasida “tafsir” atamasining lug‘aviy va istilohiy mazmuni aniqlashtirilib, ularning matn shakllanishidagi semantik yuklamasi baholanadi. Zamaxshariy, Abul Lays Samarqandiy va Abul Barakat Nasafiy kabi mufassirlarning matnlari tahlil qilinib, ilmiy uslub struktura va an’anaviy bilimlarni izchil ifodalashdagi metodologik yondashuvlari tahlil qilingan. Maqolada keltirilgan ilmiy natijalar ushbu matnlarni zamonaviy filologiya, manbashunoslik va intellektual tarix doirasida o‘rganish dolzarbligini ilmiy asosda tasdiqlaydi.