"Sariq devning o‘limi” romanidagi obrazlarning biografik asosi
Keywords:
biografik metod, adolat, sehrli qalpoqcha, bolalar adabiyoti, obraz tahlili, poraxo‘rlik, jinoyatchilik.Abstract
Mazkur maqolada Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Sariq devning o‘limi” romanidagi obrazlarning biografik asoslari tahlil etilgan. Unda adibning hayoti, shaxsiy tajribalari, oilaviy xotiralari hamda ruhiy kechinmalari asardagi obrazlar orqali badiiy talqinda ifodalangani ilmiy asosda yoritilgan. Xususan, bosh qahramon Hoshimjonning bolalik xotiralari, uning buvisi, singillari, ustozlari va orzulari yozuvchining hayoti bilan chambarchas bog‘langan. Shuningdek, Salim Otajonov obrazi prototipi, jinoyatga qarshi kurashish g‘oyasi, sehrli qalpoqcha motivi orqali yozuvchining ichki dunyosi, orzu-umidlari va jamiyatga bo‘lgan munosabati ochib beriladi. Maqolada biografik metod asosida obrazlar tahlili orqali asarning axloqiy-falsafiy mazmuni yoritilib, yosh avlodni adolat, haqiqatparvarlik va halollik ruhida tarbiyalashdagi o‘rni ochib berilgan.